
Dembele uzoq muddatga safdan chiqdi
PSJ hujumchisi Usmon Dembele Frantsiya terma jamoasining Ukrainaga qarshi o‘yinida (0:2) olgan jarohati tufayli 6 haftaga yaqin maydonga tusha olmaydi. Futbolchi ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va 81-daqiqada zaxiraga olindi. Bu haqda jurnalist Fabris Xoukins X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Dembele Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Atalanta"ga qarshi 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, hujumchi Frantsiya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan "Marsel"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Dembele joriy mavsumda barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 90 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar