Dembele “Barselona”ning shartlariga rozi bo‘lishi mumkin

  • 3 iyul, 2022, 17:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Usmon Dembele maoshini 40 foizga qisqartirish orqali "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Tecno

As nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” taklifiga rozi bo‘lish ehtimoli bor. "Barselona" Dembele bilan 2024 yilgacha bitim imzolashi kutilmoqda.

Dembele bir necha oy oldin PSJ bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan va frantsuz klubiga tekinga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Kilian Mbappening Parijda qolish qarori, shuningdek, PSJ rahbariyatidagi katta o‘zgarishlar tufayli shartnoma imzolanmaydigan bo‘ldi. Ayni paytda Usmonga xaridor klublar yo‘q.

Shu tufayli futbolchi fikrini o‘zgartirishi va "Barsa"ning shartlariga rozi bo‘lishi kutilmoqda.

25 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum “Barselona” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 13 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!