Deku: "Yamal "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi mumkin"

  • 22 may, 17:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sport direktori Deku 17 yoshli vinger Lamin Yamalning kelajagi va "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Men Yamal "Oltin to‘p"ni yutib olishini juda ham istardim. Jamoamizda bu mukofotga loyiq bir necha futbolchi bor. Lamin ham ular qatorida. Rafinya ham bu mavsumda ajoyib o‘ynadi. Shuning uchun, kutamiz, qanday bo‘lar ekan" – dedi Deku "Mundo Deportivo" nashriga.

Joriy mavsumda Yamal "Barselona" safida La Liganing 34 o‘yinida ishtirok etib, 9 ta gol va 13 ta assist qayd etdi. Uning transfer narxi 180 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to‘p" marosimi joriy yilning 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!