
Deku: “Real”ni yaxshi formada emas deb hisoblash bu bema’nilikdir”
Xabaringiz bor, bir necha daqiqa oldin UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, "Barselona" "Benfika" bilan yana kuch sinashadi. Mazkur vaziyatga kataloniyaliklarning sport direktori hisoblangan Deku o‘z munosabatini bildirdi.
“Tan olish kerak, PSJ hozir ajoyib formada. “Benfika” bilan allaqachon guruh bosqichida o‘ynadik va bu biz uchun juda qiyin bo‘lgan edi. Shunday bo‘lsa ham biz tarixiy kambek qildik, ammo o‘sha o‘yinda yutqazishimiz ham mumkin edi. Shuni ham ta’kidlashim kerak, “Benfika” so‘nggi yillarda juda kuchli jamoa bo‘lib shakllandi.
O‘tgan yilgi final uchun muhokamaga o‘rin yo‘q. PSJ “Borussiya Dortmund” bilan o‘ynaganda ko‘pchilik germaniyaliklarni finalda kutmagan edi. Biroq, o‘yinni diqqat bilan kuzatganlar bilishadiki, ular barcha jihatdan kuchli jamoa bo‘lib harakat qilishgan edi.
Hozirgi kunda barcha jamoalar, ayniqsa, top klublar o‘z formasiga qaytmoqda. “Real” yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda, bu klub o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida zafar quchgan. “Qirollik klubi” yaxshi formada emas deb hisoblash – bema’nilik. Shu bilan birga, “Atletiko”ni ham bu ro‘yxatga qo‘shsak adashmagan bo‘laman. Albatta, katta klublar har doim qaytadi. Biz esa o‘z yo‘limizga e’tibor qaratishimiz zarur” – dedi “ko‘k-anorranglilar”ning sport direktori.
Fikrlar