De Zerbi Frantsiyada ish boshladi

  • 25 iyun, 2024, 08:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton"ning sobiq bosh murabbiyi Roberto de Zerbi faoliyatini "Marsel"da davom ettiradigan bo‘ldi. Klub rasmiy sahifasi orqali italiyalik mutaxassis bilan kelishib olganini ma’lum qildi. 

Tecno

Fabritsio Romanoa xabar berishicha, De Zerbi bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolanadi. "Qarg‘alar"ga esa 6 million evro to‘lanadi. Tez orada u ishni boshlashi kutilmoqda. 

Roberto doimo top klublar e’tiborida bo‘lib kelgan. Unga "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirgandi, lekin nemislar Vensen Kompanini tanladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!