
De Rossi murabbiy bo‘lmoqchi
"Roma" klubi sobiq yarim himoyachisi Daniele De Rossi o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rmoqchi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Rimliklar bilan shartnomasi yakunlangach 35 yoshli italiyalik futbolchiga MLSdan, "Boka Xuniors" va "Fiorentina" klublaridan takliflar bo‘lgandi, biroq u yakunda faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Endi u murabbiylik kurslarida o‘qimoqchi.
Eslatib o‘tamiz, De Rossi 2002-2019 yillarda “Roma” sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsum jami 32ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar