De Ligt "Manchester Yunayted"ni qiziqtirmaydi

  • 26 may, 2019, 17:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olmaydi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga qaraganda “qizil iblislar” 19 yoshli gollandiyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirishmayapti. Shu tariqa de Ligt uchun kurashda “Barselona” yaqqol favoritga aylanib qoldi. Kataloniyaliklar uning uchun Amsterdam klubiga 70 mln evro taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu de Ligt uchun yiliga 14 mln evro maosh va’da qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, de Ligt joriy mavsum “Ayaks” safida jami 55ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U amsterdamliklar safida bu mavsum Gollandiya kubogi va chempionatida g‘olib bo‘ldi. EChLda esa yarim finalga qadar etib bora oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!