
De la Fuente: "Portugaliya bilan bo‘lgan holat takrorlanishini istamayman"
Luis de la Fuentening aytishicha, Ispaniya "Evro-2024" 1/8 finalida Gruziyaga pas nazar bilan qarab xatoga yo‘l qo‘ymaydi.
“Bu biz uchun juda muhim o‘yin bo‘ldi. Gruziya Portugaliyani mag‘lub etdi, biz ularni raqib sifatida hurmat qilishimiz va bu holat biz bilan sodir bo‘lmasligi uchun o‘yinni muhim deb bilishimiz kerak. Ular qarshi hujumda tezkor va juda yaxshi. Biz hushyor bo‘lishimiz kerak", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Ispaniya "o‘lim guruhi"da Xorvatiya, Italiya va Albaniyaga qarshi uchta o‘yinning barchasida birorta ham gol o‘tkazib yubormasdan g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan nimchorak finalga etib keldi.
Fikrlar