
Davron Fayziev “Navbahor” klubining salbiy natijalari, Kanchelskis o‘rniga kuchli mutaxassis kelmagani, shov-shuvlardan chekinish kerakligi haqida
Xabaringiz bor, taniqli sharhlovchi Davron Fayziev “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida ekspert sifatida fikr bildiradi. Ko‘rsatuvning oxirgi sonida Davron Fayziev “Navbahor” klubining oxirgi paytdagi salbiy natijalari sababini quyidagicha izohladi.
- “Navbahor”ning mag‘lubiyati klubdagi tushunarsiz ish uslubi bo‘lsa kerak. Chunki klub bosh murabbiyi nega o‘zgardi degan savolni hali ham o‘zimga beraman. Andrey Kanchelskisning nimasi to‘g‘ri kelmadi? To‘g‘ri, “lochinlar” birdaniga titullar uchun kurashib ketgani yo‘q. Ammo hozirgi “Navbahor”ga Kanchelskisdan ko‘ra kuchli mutaxassis kelmadi. Agar undan kuchli murabbiy taklif etilganida bu oldinga tashlangan qadam bo‘ldi deb aytardim, o‘zgarish o‘zini oqladi derdim. Chunki ayni paytdagi murabbiydan Kanchelskisdan ko‘ra yaxshi natijalarni kutmayapman. Eng qizig‘i, jamoa, muxlislar zo‘r, atmosfera daxshat, tizim yo‘lga qo‘yilgan, rahbariyat ham moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turibdi. Biroq murabbiyni tez-tez almashtirish har doim ham yaxshi emas. Buni “Chelsi” misolida ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham gap “Navbahor”ning o‘zida deb o‘ylayman. Mavsum ketayotgan paytda birdaniga mana bunday qaror chiqarilishi shu natijalarga olib keldi.
Samvel Babayanga nisbatan bosim “Lokomotiv”ning ichki muhiti va natijalarga ham ta’sir qilmoqdami?
Kanchelskis hokim nega kiyinish xonasiga kirishi, futbolimizdagi hakamlik, ishqibozlarning tosh otishi va boshqalar haqida gapirdi
Oxirgi paytda “Navbahor” bilan bog‘liq bo‘lgan xabarlar ko‘p chiqyapti. Jamoada barqarorlik yo‘q. Barqarorlik bo‘lishi uchun shov-shuvlardan sal chetlashish kerak. Jamoa ishini qilishi lozim. Futbolchilar futbol o‘ynashi, murabbiy shogirdlarini yaxshi tayyorlashi, rahbariyat sharoitni ta’minlab berishi darkor. “Navbahor” esa futbolchilarning transferi bilan bog‘liq janjallar, murabbiylar almashishi va hokazolar bilan o‘ralashib qoldi. Shuning uchun jamoa stabil yo‘lga tushib olishi kerak. Eng qizig‘i, klubda hamma narsa bor. Faqat ishni barqarorligi yo‘q. Ular shuni o‘zgartirishsa, Deyan Jurjevich bilan ham natijani yaxshilashga imkon bor, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar