Davron Fayziev: Bu yozda hech qanday transferga qo‘l urmagan jamoaga menimcha, u futbolchi ortiqchalik qilmasdi

  • 21 sentabr, 2020, 14:23
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina "Real" klubi futbolchilari Garet Beyl va Serxio Regilon "Tottenxem"ga ko‘chib o‘tdi. Ushbu transferlarga taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- Zidan o‘z jamoasiga kerak emas, deb hisoblagan futbolchilarni qo‘yib yuboryapti. Beylku tushunarli, avvalgi transferlar vaqtida Xitoyga ham yo‘l olishi mumkin edi, ammo bu transfer amalga oshmadi. Zidan u bilan munosabati yaxshi ekanligini aytavergani bilan Beyl "Real"ga keraksiz bo‘lib qolganini qaydnomalarga kiritmaganidan bilib olish qiyin emas. Uelslik futbolchining ketishi kutilgan edi, shunday ham bo‘ldi. Regilonchi?

25a6443351e18c4d029eda3493b044752d069c4e

O‘tgan mavsum "Sevilya"da ajoyib o‘yin namoyish etgan kanterano "shporlar"ga ijaraga emas, sotib yuborildi. To‘g‘ri, keyinchalik agar Madrid uni qaytarishni istab qolsa, 40-45 mln evroga sotib olishi mumkin, ammo bu yozda hech qanday transferga qo‘l urmagan jamoaga menimcha, Regilon ortiqchalik qilmasdi. "Tottenxem" uchun esa, 2 ta ajoyib xarid amalga oshirildi, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!