David Benvides navbatdagi jangini o‘tkazadi yoxud o‘zbek bokschisida imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda

  • 17 iyul, 2020, 12:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super o‘rta vazn (76kg)  toifasida WBC chempioni David Benavides 15 avgust kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Jahonga mashhur “Show Time”  kanali translatsiya qiladigan boks kechasida Benavides Aleksis Anguloga qarshi ringga ko‘tariladi. Benavidesning promouteri Sampson Levkovichning ma’lumotiga ko‘ra, David Benavides ( 22-0, 19 KO) chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qila olsa, keyingi jangini WBC  yo‘nalishida majburiy da’vogar turkiyalik Avni Yildirimga(21-1, 12 KO) qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu vaznda Avni Yildirim reytingda birinchi o‘rinda, WBC Silver kamari sohibi hisoblanuvchi hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov (13-0, 5KO) ikkinchi o‘rinda bormoqda. Agar, Benavides va Yildirim o‘zaro jang o‘tkazib, Azizbek ham bu jangga qadar muvaffaqiyatini davom ettirsa, o‘z-o‘zidan yurtdoshimizning WBC kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lish ehtimoli oshadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!