
Darya Kasatkina uchun yakkaliklar bahsi yakunlandi
Rossiyalik tennischi Darya Kasatkina Frantsiya ochiq chempionati yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Darya Parij shahrida o‘tgan mazkur bosqichda Puerto-Riko vakilasi Monike Pyuigga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa musobaqaning uchinchi davrasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan Pyuig, endi polshalik Iga Svyontekka qarshi kortga tushadi.
Fikrlar