
Dalich penalti haqida: “bu biroz shubhali"
Xorvatiya yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan o‘yinida birinchi gol penaltidan kiritildi. Ushbu voqea haqida bosh murabbiy Zlatko Dalich o‘z fikrlarini bildirdi.
“To‘g‘risi bu biroz shubhali. Bizda burchak to‘pi bilan bog‘liq vaziyat yuzaga keldi, Bizning nazdimizda burchak to‘pini olishimiz kerak edi. Keyin esa ular hujumga o‘tishdi va penalti..”, - dedi yoshli mutaxassis.
Xorvatiya mundialda ketma-ket ikkinchi bor finalga chiqish imkoniyatini boy berdi. Ular Frantsiya-Marokash juftligida mag‘lubiyatga uchragan jamoa bilan 3-o‘rin uchun kurashadi.
Fikrlar