“Chelsi” yulduzi katta va’da berib qo‘ydi

  • 2 iyun, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” uchun joriy mavsum barbod bo‘ldi. Klub rahbariyati o‘zgarganidan keyin katta transferlar amalga oshirilganiga qaramay, jamoa barcha turnirlarda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi.

Tecno

Shunday bo‘lsa-da, jamoa himoyachisi Ris Jeyms “aristokratlar” tez orada o‘z mavqeini tiklab olishini ta’kidlamoqda.

- Bu mavsum biz uchun omadsiz kelganidan afsusdaman. Keyingisiga har qachongidan ham kuchliroq bo‘lib qaytamiz.

Bundan keyin yana sovrinlar uchun kurashamiz. Tez orada ko‘rishamiz, - dedi Ris Jeyms.

“Chelsi” kelasi mavsum Evrokuboklarda ishtirok etmaydi. Jamoa oldida yangi chempionatga jangovar tarkib shakllantirish vazifasi turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!