“Chelsi” yanvarda beshta katta transferga qo‘l uradi

  • 14 dekabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Football Transfers nashri 2024 yilning yanvarida “Chelsi” transfer qilishni mo‘ljallayotgan besh nafar futbolchi haqida ma’lumot tarqatdi.

Tecno

Viktor Osimxen. “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli nigeriyalik hujumchini olib kelish uchun pulni ayamasligi ta’kidlanmoqda. “Napoli” yaxshi taklif bo‘lsa, sermahsulligi pasayib borayotgan o‘yinchini qo‘yib yuboradi.

Leni Yoro. “Lill”ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Leni Yoro yoshi o‘tib qolgan Tyago Silvaga o‘rinbosar sifatida tanlangan. Shuningdek, Trevo Chaloba ham “aristokratlar” safini tark etadi.

Gabriel Moskardo. “Korintians” futbolchisi hozirning o‘zida bir necha grandlar nishoniga aylangan. “Chelsi” uni qo‘lga kiritish uchun PSJ bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Runi Bardji. “Kopengagen”ning 18 yoshli yulduzchasi anchadan beri grand klublar e’tiborini tortib kelmoqda.

Santyago Ximenes. “Feyenoord”ning meksikalik futbolchisi “Chelsi” uchun zaxira varianti hisoblanadi. Agar londonliklar Viktor Osimxenni qo‘lga kirita olmasa, Niderlandiya chempionatida porlayotgan forvardga qo‘ng‘iroq qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!