“Chelsi” yagona nozik nuqtasini yopish uchun 200 million funt tikadi

  • 23 noyabr, 2021, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxelga ko‘pchilik hamkasblari havas qiladi. “Aristokratlar” bugungi kunda eng barqaror tarkibga ega. Germaniyalik mutaxassis qaydnomadagi barcha futbolchilardan unumli foydalanishga harakat qilmoqda.

Tecno

Tomas Tuxel mavsum boshida klubdan ketishi kutilgan Ross Barkli, Kallum Xadson-Odoi va Ruben Loftus-Chik kabi o‘yinchilarni ham unutgani yo‘q va ularga o‘zini ko‘rsatishi uchun etarlicha imkon bermoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, “Chelsi”ning yagona nozik nuqtasi hujum chizig‘i hisoblanadi. Romelu Lukaku A Seriyadagi to‘purarligi ko‘rsata olmayapti, Timo Verner ham barqarorlikdan ancha uzoqda.

Garchi tarkib kuchli bo‘lsa-da, Roman Abramovich yozgi transferlar uchun Tuxelga 200 million funt beradi. Bu mablag‘ uch nafar o‘yinchiga sarflanadi. Birinchi darajali nishon – tug‘ma to‘purar Erling Xoland hisoblanadi. Keyingisi gol urishni yaxshi ko‘radigan “Portu” yarim himoyachisi Luis Diasdir. Tuxelga “Sevilya” markaziy himoyachisi Jyul Kundeni ham kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!