
"Chelsi" muxlislari APLdagi bu o‘zgarishdan nega g‘azabda?
Premer-liganing yangi mavsumi boshlandi. Birinchi turdan so‘ng "Brayton» birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Chaykalar" "Everton"ni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi. Shuningdek, "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Siti", "Aston Villa", "Brentford", "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" uch ochkodan jamg‘arishdi.
Birinchi turda Premer-liga namoyishi mas’ullari yangi o‘zgarishni taqdim etishdi. Har bir klub uchun gol urilganda hisob yonida paydo bo‘ladigan maxsus animatsiyalar ishlab chiqildi.
Ingliz futboli muxlislari jamoalarning animatsiyalari haqida allaqachon yaxshi fikrda.
Ushbu animatsiyalarning maxsus ko‘rinishini quyidagi havola orqali tomosha qiling: https://t.me/+c8Wy9pWGHZE2OTgy
Bir necha muxlislar o‘z klublari uchun tayyorlangan animatsiyalardan mamnun emas.
Ayniqsa "Chelsi" muxlislari g‘azabda:
- "Chelsi uchun boshqa narsa topa olmadingizmi?”;
- "Eng yomon animatsiyalardan biri "Chelsi"da . Odatda shunday bo‘ladi, shunchaki bayroq";
- "Biz maxsus animatsiya bo‘lmagan yagona klubmizmi? Bu dahshatli";
- "Ular "Chelsi" va "Ipsvich" uchun hech narsa qilishmagan. Bu qandaydir adolatsizlik".
Biroq ko‘pchilik futbol ishqibozlari bu o‘zgarishni ijobiy baholashdi:
- "Arsenal" uchun tayyorlangan animatsiya ajoyib!";
- "MYu grafikasi noodatiy ko‘rinadi. Men bu "qizil iblislar" ekanini yaqqol payqadim";
- "Har bir animatsiya ajoyib ko‘rinishda. Shuning uchun ham Premer-liga dunyoning eng yaxshi ligasi";
- "Siti" uchun animatsiya bundan-da yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi. Men fonda ko‘k oy bilan moviy dengizda suzib yuruvchi kemani aks ettirgan bo‘lardim".
Fikrlar