
"Chelsi" murabbiyi: "Jahon chempionatiga qadar yaxshi formada emasdik"
Angliya Premer ligasi 17-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Bornmut" uchrashuvida maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "aristokratlar" ustozi Grem Potter quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng nimalar bo‘lishini bilmasdik. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. O‘yinga nisbatan munosabatimiz a’lo darajada edi, shogirdlarim bor kuchini ishlatdi.
G‘alabaga haqlimiz. "Bornmut" jang taklif etganiga qaramay, biz o‘z tempimizni ushlab tura oldik. Bu oldinga tashlangan juda katta qadam bo‘ldi. Jahon chempionatiga qadar yaxshi formada emasdik, ammo tanaffusdan maksimal foyda chiqara oldik.
Ris Jeymsning jarohati qay darajada jiddiy ekanligini bilmayman. Bu biz uchun katta yo‘qotish",-dedi Potter.
Fikrlar