
“Chelsi” katta transferni e’lon qiladi
“Chelsi” rahbariyati tarkibni yangilamoqda. Yangi bosh murabbiy Maurichio Pochettino foydalanmaydigan o‘yinchilar jamoani tark eta boshladi.
Ularning o‘rnini to‘ldirish ishlari jadallashdi. “Aristokratlar” tez orada “Brayton” yarim himoyachisi Moyzes Kaysedoning transferini yakunlaydi. Tomonlar muzokaralarning hal qiluvchi bosqichini boshlagan.
Manbalarning ta’kidlashicha, Kaysedo “Chelsi” mutasaddilari bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Kaysedoni bir necha superklublar talashib kelayotgan edi. Biroq, “Brayton” talab qilayotgan badal summasini to‘lash oson emas.
“Brayton” bilan 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi yakunlangan mavsumda 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar