"Chelsi" katta transferlarni ko‘zlayapti

  • 13 fevral, 2022, 15:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi Ernandes “Chelsi” himoyachilari Sesar Aspilikueta va Andres Kristensenni yozda erkin agent sifatida “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Har ikki futbolchi “aristokratlar”ning yangi bitim bo‘yicha taklifini qabul qilgani yo‘q.

Tecno

Tomas Tuxel hozirdan ularga o‘rinbosar topib qo‘ydi. Germaniyalik mutaxassis tanlovida o‘zgarish ro‘y berdi. U “Sevilya”da o‘ynayotgan Jyul Kundeni olish fikridan voz kechdi.

Hozir “Chelsi” mutasaddilari “Real”dan Eder Militao va “Yuventus”dan Matteys de Ligtni Londonga chorlayapti.

Madridliklar ham, Turin klubi rahbariyati ham o‘z o‘yinchilariga yaxshi taklif bo‘lsa, yozda ularni qo‘yib yuborishga qarshi emas.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!