
“Chelsi” ishongan “tog‘i” bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi
“Chelsi” rahbariyati ispaniyalik himoyachi Markos Alonso bilan amaldagi shartnomani bekor qildi. Alonsoning amaldagi bitimi joriy mavsum oxirida tugashi kerak edi.
Tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni to‘xtatdi. Endi tajribali futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin.
Markos Alonso o‘zining debyut mavsumi – 2016-2017 yillarda “Chelsi”ning Premer-ligadagi so‘nggi chempionligiga ulkan hissa qo‘shdi. U avval “Bolton” va “Sanlerlend” kabi ligada qolish uchun kurashadigan jamoalarda o‘ynagan bo‘lsa-da, turli turnirlarda g‘oliblikk da’vogar bo‘lgan klubga moslashishi uchun vaqt talab qilinmadi.
Angliya chempionligidan keyin besh yil davomida Angliya kubogi, Evropa Ligasi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldik. Bu turnirlarda Alonso eng muhim to‘plarni kiritishi va golli uzatmalar berishiga ishonib kelganmiz, - deyiladi klub bayonotida.
Markos Alonso faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar