
Charlz Oliveyraning "ishtahasi karnay!" U Konor bilan urishmoqchi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra Islom Mahachev bilan jang qilishga nima sababdan rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
"Biz Konor MakGregorga qarshi Braziliyada jang kechasi tashkil qilishni so‘radik va umid qilamanki, u rozi bo‘ladi. Men bu to‘qnashuv kelasi yil sodir bo‘lishiga ishonaman.
Islom bilan jang qilishga rozi bo‘lganimning yagona sabab shu. Qanchalik ko‘p g‘alaba qozonsam, Konorga qarshi urishish ehtimolim shunchalik yuqori bo‘ladi",-dedi Oliveyra.
Ma’lumot uchun, Oliveyra - Mahachev jangi 23 oktyabr kuni UFC 280 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar