
Catalunya Radio: De Ligt "Barselona" bilan kelishuvga erishdi
“Barselona” rahbariyati hamon “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olish rejasidan qaytmayapti.
Catalunya Radio tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar vakillari o‘tgan yakshanba kuni Monte-Karloda 19 yoshli gollandiyalik futbolchining agenti Mino Rayolo bilan uchrashishgan. Ushbu muzokara davomida tomonlar futbolchining maoshi va u imzolaydigan shartnoma muddati masalasida kelishib olishgan.
Endi esa “Barselona” faqatgina “Ayaks”ni ko‘ndirsa kifoya. Amsterdamliklar esa uni 70 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, de Ligt joriy mavsum “Ayaks” safida jami 53ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar