
CAFA U16. Bugun O‘zbekiston Afg‘oniston bilan o‘ynaydi
Bugun Tojikistonning Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan "CAFA U16 Championship 2022" turnirida ikkinchi tur o‘yinlariga start beriladi.
Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O‘zbekiston U16 terma jamoasi ikkinchi bellashuvda afg‘onistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, kecha vakillarimiz Eronga qarshi o‘yinda jangovar 2:2 hisobida durang qayd etgan edi.
Fikrlar