"Buxoro"ning "Bunyodkor"ga qarshi so‘nggi 4 ta o‘yini durang bilan tugagan. Bu safar Baqoevning debyuti...

  • 6 aprel, 2023, 23:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Buxoro” klubi joriy chempionatda yangi bosh murabbiy etib tayinlangan Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi dastlabki o‘yinini o‘tkazadi. Raqib esa hali mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan “Bunyodkor”.

Tecno

Shu paytgacha klublar 28 marotaba to‘qnash kelishgan. Oxirgi marta jamoalar 2020 yilgi chempionatda to‘qnash kelishgan. Qizig‘i, “Buxoro” faqat bir marta raqibini engga olgan xolos. 6 yil muqaddam, 2017 yili buxoroliklar o‘z uyida “Bunyodkor”ni 4:2 hisobida taslim qilgan. “Bunyodkor” esa 19 bor g‘alaba qozonishga ulgurdi. Yana 8 ta bellashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 16/64 “Bunyodkor” foydasiga.

Ushbu jamoalarning oxirgi 4 ta uchrashuvida durang qayd etilyapti va ayniqsa, so‘nggi 3 ta o‘yinda asosan 1:1 hisobi kuzatilmoqda. “Bunyodkor” esa “Buxoro”ni 2018 yilgi mavsumda mag‘lubiyatga uchratgan.

Ko‘ramiz, Baqoev debyut o‘yinida qanday natija ko‘rsatarkin?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!