"Buxoro" murabbiyi: "Futbolchilarimiz xarakter ko‘rsatishdi"

  • 29 iyun, 23:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 14-turida “Buxoro” “Sho‘rtan”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan so‘ng buxoroliklarning yordamchi murabbiyi Mixail Eremchuk matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- O‘yin ancha qiyin o‘tdi. Raqibni mag‘lub etishni juda ham xohladik. Bizga uch ochko nihoyatda zarur edi. G‘alaba orqali turnir jadvalidagi holatimizni biroz yaxshilashga erishyapmiz. Bundan avval OKMKga qarshi Kubok o‘yinimiz ancha qiyin o‘tdi. Bizda biroz charchoq alomatlari bor edi. Raqibimiz ham yaxshi harakat qildi. Gol urishga intilishdi. Yigilarimizga rahmat. Ularni xarakter ko‘rsatishganini alohida e’tirof etish lozim. Bu g‘alaba futbolchilarimizniki, o‘z mehnati bilan erishishdi. Muxlislarimizga ham minnatdorlik bildiramiz.

- Asosiy himoyachi Marko Kolakovichni ko‘rmadik...

- Marko Kubok o‘yinida jarohat olgandi. Uni tezroq sog‘ayishini tilab qolamiz. Oson bo‘lmagan o‘yinlar taqvimi bor. Biz uchun har bir uchrashuv nihoyatda muhim ahamiyatga ega. O‘ylaymanki, Kolakovich keyingi uchrashuvlarda bizga yordam bera oladi.

- Birinchi gol urilganida “Buxoro” passiv o‘ynadi...

- OKMK bilan uchrashuvdan keyin bizda ancha toliqish bor edi. Raqibda bizdan ko‘ra bu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘lishdi. Jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Futbolchilar maydonda nima qilish kerak bo‘lsa, barchasini yaxshi bajarishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!