
Buskets: "Inter Mayami" klublar o‘rtasidagi JCh darajasidagi jamoa emas"
"Inter Mayami" yarim himoyachisi Serxio Buskets klubning Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini real baholadi.
– Aniqki, biz klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan darajada emasmiz. Lekin baribir guruhda kurash olib boramiz, har bir o‘yinga alohida yondashamiz. Agar omad yor bo‘lsa, keyingi bosqichga chiqishimiz mumkin. Albatta, bu oson bo‘lmaydi, – dedi Buskets DAZN telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 14 iyundan 13 iyulgacha AQShda o‘tkaziladi. "Inter Mayami" A guruhiga tushgan va u erda "Al-Ahli" (Misr), "Portu" (Portugaliya) va "Palmeyras" (Braziliya) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar