
"Bunyodkor"ga qarshi o‘yin oldidan "Qo‘qon-1912" safida yo‘qotishlar bor
Bir necha daqiqadan so‘ng Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi boshlanadi. Bellashuv 19:00ga belgilangan.
Qo‘qonliklar matbuot xizmati mazkur o‘yin oldidan jamoa tarkibida bir nechta yo‘qotish mavjudligini ma’lum qildi.
- Bugun jamoamiz tarkibida jiddiy yo‘qotishlar bor. Bugungi o‘yinni jarohati sabab etakchi futbolchilarimiz Murod Xolmuhammedov, Bobur Akbarov hamda darvozabon Muzaffar Abdullaev o‘tkazib yuborishadi, - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar