"Bunyodkor" albaniyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

  • 16 iyul, 2024, 14:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq, "Bunyodkor" o‘z tarkibiga albaniyalik hujumchi Luis Kachorrini qo‘shib olish arafasida turibdi, deya xabar bergandik.  

Tecno

Bizga ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolandi. Bitim 1 yillik qilib belgilandi.

Luis yakuniga etgan mavsumni Albaniyaning "Dinamo Siti" klubida o‘tkazib, 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.

Hujumchining jamoani tark etganini klubi rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da, mamlakat nashrlari buni ma’lum qilishmoqda.  U "Dinamo Siti" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!