"Bunyodkor" - "Dinamo" uchrashuvida hakamning bahsli qarorlari to‘g‘ri deb topildi - O‘FA

  • 1 aprel, 2022, 15:59
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA Hakamlar bo‘limi O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Dinamo” (2:1) uchrashuvidagi hakamlar qarorlari bo‘yicha xulosalarini taqim etdi.

Tecno

Unga ko‘ra, o‘yinning 30 va 79-daqiqalarida “Bunyodkor” jamoasi hujum tashkil qilganida to‘p raqibning qo‘liga tegdi. Jarima maydonchasi ichida sodir bo‘lgan vaziyat ehtimoliy penalti sababli VAR hakamlari tomonidan ko‘rib chiqildi va bosh hakamga holatni takroran ko‘rish tavsiya qilindi. Vaziyatlarni qayta ko‘rilgach, ikkala holatda ham penalti belgilandi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, penaltilarning har ikkisi to‘g‘ri belgilandi.

O‘yinning 60-daqiqasida “Dinamo” futbolchisi to‘psiz vaziyatda raqibiga nisbatan o‘ta qo‘pol tarzda zarba berdi. Bosh hakam ushbu holatni ko‘rmay qolgan. Vaziyat ehtimoliy qizil kartochkaga sabab bo‘lgani uchun VAR hakamlari bosh hakamni maxsus ekranga taklif qilishdi. Vaziyat ko‘rib chiqilgach, “Dinamo” futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatildi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yakuniy qaror to‘g‘ri chiqarildi.

Shuningdek, 67-daqiqada jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni “Bunyodkor” futbolchisi darvozaga kiritdi. Ammo to‘p uzatilgan vaqtda “qaldirg‘ochlar”ning 4-raqamli futbolchisi raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. Bosh hakam hujumda fol qayd etdi va kiritilgan golni bekor qildi. Ushbu holatda VAR hakamlari ham bosh hakam qarorini ma’qullashdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, hakam qarori to‘g‘ri bo‘ldi.

O‘yinning 90+4-daqiqasida “Dinamo” futbolchisi raqibiga nisbatan keskin tarzda qo‘pollik ishlatgani uchun jarima to‘pi belgilandi, futbolchi esa sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu holatda bosh hakamning qarori to‘g‘ri bo‘lgan.

O‘FA tegishli qo‘mitasi hakamga nisbatan muxlislar tomonidan sodir etilgan vaziyat bo‘yicha o‘z xulosasini beradi. Shuni ta’kidlash joizki, o‘yindagi vaziyatlarda hakamlar tomonidan qabul qilingan yakuniy qarorlar to‘g‘ri bo‘ldi.

Izoh: Uchrashuv bosh hakami mazkur o‘yinda 3 marotaba VAR yordamida qaror qabul qilganligi sababli tegishli tartibda ogohlantiriladi.

O‘FA matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Zamon
01/04/2022 18:06
Nima qilasizlar paxtaga urab tug‘ridan tug‘ri aytaveringlar puli borlar yengilishi mumkin emas deb. Hamma muhlislarini qonini qaynatishni bilasizlar holos. Bunyodkor tarkibi kuchsizlangan bulsa boshqa jamoalarda nima ayb hayronman. Yengilib berishi kerakmi. Kechagi uyinda hakam uyinni buzmadi ochiqchasiga uzbek futbolini uldirdi. Bosh bn zarba berganmish. Bunyodkor futbolchisi birinchi agristev tashlandiku bunday noinsofliglaring bundan oldin ham bulgan kiyin ham bulaveradi. Hoy jurnalistlar faqat qalam kutarib nima yozsam ekan demasdan ozgina fudbolga uz hissalaringni qushelar silar ham uyin tugagandan kiyin unday bulish kerak bunday bulish kerak deb bugun fudbol. Tezkor studiyada aqilli bulmasdan. Hovotir olmanglar agar Bunyodkor yoki shunday qushtirnoq ichidagi jamoalarni kuchayishini hohlasangiz 2018 dagi nasaf.fcni e'slang ushanda ham Uflning ahmoqona qarorini deb 12 jamoa mavsum yarmida ikkiga bu'lib quyilgandi usha kuchsiz nasaf hozir qanday darajada. Sizlar ham harakat qilinglar shu har doim yomonlaydigan futbolchilari fudbol uynashiga quyib berishsin. Nafs qurbonlari qachondir boshi yostiqqa tegib puldan kura olloh kuchli zod ekanini tushunishini kutib utirmang agar shunday bulgan taqdirda ham yana boshqa nafsiga qullar chiqaveradi. Hech qachon uzbek futboli rivojlanmaydi. Lekin sizlar buni oldini olalasiz. Oldinda qancha uyinlar kutib turibdi. Hammamiz bilib turibmiz faqatgina kechagi uyin emas. Butun mavsum shunday bulishini sizlar jurnalist degan buyuk nomni kutarib yuribsizlar oddiy kasb emas bu manosi xalq dardi degani hulosa uzlaringnan. Mana sizlarga maqola..
низомиддин каримов
01/04/2022 16:09
Кечаги уйинни тулик хакам бузди.Динамо уйинда галаба козониши керак эди.Нохак кизил карточка курсатилди.Аксинча Бунёдкорни уйинчиси келиб тегинган эди бу ерда иккаласини хам огзаки огохлантириш керак эди.Шунчаки ёш футболчиларни синдириш бу.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
01/04/2022 18:31
Agar Sudiya. tugri qaror chiqargan bulsa. ommoni oldiga chiqin isbotlap bersin. Tv chiqsin. mutahasisla. hammasi yigilsin. agar usha faziyat ongli ravishla hatolikla yul quygan bulsa. ana VAR ishlaydigan joyga hatolik qilgan bulsa bir umrga fudboldan chetlatib. jarima ham tulasin. Agar Boyib ketsam. mana shunoqa holatla. bulsa. Evropani sudiyalari. oldiga quyib. nichi pul ketsa ham. haqiqat qaror topmaguncha tinch quymasdim. aytishish mumkin bu oddiy fudbol deb. lekin. ochiqchasiga. bunoqa qilish. notugri. man Dinama muhlisi emasman. shunchaki. nohaqlikki kura bula turib. asabim buzildi.