
Bunisi top-darvozabon emas! Donnarumma boshqa gap...
“Manchester Yunayted” afsonalaridan Pol Skoulz klubning transfer siyosatini tanqid qilib, yangi olingan darvozabon Senne Lammensning darajasiga shubha bildirdi.
Ma’lumki, manchesterliklar yozgi transferlar oynasi yopilishi arafasida belgiyalik golkiperni “Antverpen”dan olib kelgandi.
- Sizlar Belgiyadan darvozabon oldingiz. U qancha turadi? 20 million evro. Mana shuning o‘zi u haqida barcha ma’lumotlarni ochadi. Bu top-darvozabon emas.
Janluiji Donnarummaning qo‘ldan chiqarilgani eng katta xato. Bu posbonni olish imkoni tug‘ildimi, Parijga borib, u istagan barcha narsani muhayyo qilib, o‘zini klubga olib kelish kerak edi. Donnarumma jahonning eng zo‘r darvozaboni bo‘lishi juda oson. U menga Peter Shmeyxelni eslatib yubordi, - dedi Pol Skoulz.
Italiyalik 26 yoshli darvozabon “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvda “Siti” tarkibida debyutini muvaffaqiyatli o‘tkazib, bir necha xavfli zarbalarni bartaraf etdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Senne Lemmens esa, hali maydonga tushgani yo‘q. Andre Onana ketganidan keyin darvozani Altay Bayindir qo‘riqlayapti.
Fikrlar