
Bundesliga klubi Piontek uchun 27 mln evrolik taklif yubordi
"Milan" hujumchisi Kshishtof Piontek faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, "Gerta" klubi forvard uchun 27 mln evrolik rasmiy taklif yuborgan.
Tomonlar o‘zaro muzokara o‘tkazish uchun uchrashuv ham rejalashtirib qo‘yishganligi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli polshalik hujumchiga APLning bir qator klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar