
Bundesliga. Bugun "klasiko" bo‘lib o‘tadi!
Bugun Germaniya Bundesligasi "klasiko"si bo‘lib o‘tadi. 24-turdan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda "Bavariya" hamda "Borussiya" Dortmund o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.
Ushbu bellashuv turnir jadvali nuqtai nazarida, ham ancha muhim hisoblanadi. Sababi, g‘alaba qozongan taqdirda, myunxenliklar hisobidagi ochkolar sonini 55 taga etkazib oladi va izma-iz ta’qib qilib kelayotgan "RB Leyptsig"ga etib olish imkoniyatini qoldirmaydi. Aksincha, "asalarilar" mehmonda 3 ochko olsa, kuchli to‘rtlikka kirib olish imkoniyati mavjud.
"Nemis klasikosi" Toshkent vaqti bilan 22:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar