Bunaqasi tarixda ilk bor sodir bo‘ldi

  • 24 mart, 2020, 13:38
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Kanada xokkey ligasi (CHL) rasmiy sayti musobaqaning pley-off bosqichi - Yodgorlik kubogi koronavirus pandemiyasi bois bo‘lib o‘tmasligini ma’lum qildi.

Tecno

Shu tariqa CHL tarkibiga kiruvchi Ontario xokkey ligasi, Kvebek asosiy o‘smirlar ligasi va G‘arbiy xokkey ligasida mavsum yakuniga etdi.

Yodgorlik kubogi 22-31 mart kunlari Kelouna shahrida yuqoridagi uchta liga g‘oliblari va mezbonlar ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Shu tariqa, 100 yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan kubokning ilk marta g‘olibi aniqlanmaydigan bo‘ldi.

Ma’lumot  uchun, Yodgorlik kubogi Birinchi jahon urushida halok bo‘lgan kanadalik xokkeychilar xotirasiga 1918/19 yilgi mavsumdan buyon har yili o‘tkazilib kelinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!