Bugun U20 Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi

  • 7 noyabr, 2024, 09:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun U-20 Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi. Jarayon Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Xitoyning Shenchjen shahrida start oladi.

Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, amaldagi musobaqa g‘olibi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin olgan:

1-savatcha
Xitoy (musobaqa mezboni)
O‘zbekiston
Iroq
Yaponiya

2-savatcha
Koreya Respublikasi
Avstraliya
Eron
Iordaniya

3-savatcha
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Suriya
Qirg‘iz Respublikasi

4-savatcha
Qatar
Tailand
Yaman
KXDR

Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa Chilida bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘taydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!