
Bugun 6 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, Polshaning Varshava shahri "World Boxing" tashkiloti kubogining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada jamoamiz ham ishtirok etyapti.
Hozirga qadar 3 nafar vakilimiz final yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan. Bugun yana 6 nafar bokschimiz yarim finalda ringga ko‘tariladi. Shu kungacha jamoamiz yo‘qotishlarsiz davom etmoqda.
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Lunda Gantumur (Mo‘g‘iliston) 16:30;
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Mishelt Battumur (Mo‘g‘iliston) 17:15;
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Esra Yildiz (Turkiya) 20:45;
-60 kg; Samandar Olimov - Mikele Baldassi (Italiya) 21:45;
-70 kg: Gofurjon Tohirov - Tsezariy Znamets (Polsha) 22:00;
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Kayl Shav-Tullin (Angliya) 22:30.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar