Bu yulduz “Real”ni armonda qoldirdi

  • 28 iyul, 07:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” markaziy himoyachisi Vilyam Saliba “Real” olishni ko‘zlayotgan o‘yinchilardan biri hisoblanadi. “Qirollik klubi” anchadan beri frantsiyalik futbolchini qo‘lga kiritish yo‘llarini qidirib keladi.

Tecno

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “kanonirlar” rahbariyati katta summa taklif qilinsa ham, mudofaa chizig‘i etakchisini qo‘yib yubormaslikka qaror qilgan.

Eng muhimi esa, Vilyam Salibaning o‘zi kelajagi bo‘yicha aniq rejaga ega. Sport.es saytining yozishicha, Salibani Londonda hamma narsa qoniqtiryapti. Himoyachi 2029 yilda bo‘ladigan keyingi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qadar boshqa klubga o‘tmasligini ta’kidladi.

“To‘pchilar” klub bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega 24 yoshli futbolchi uchun yangi bitim taklif qiladigan bo‘lyapti.

Vilyam Saliba Angliya Premer-ligasiga 2019 yili “Sent-Eten”dan olib kelingan. Ayni paytda dunyoning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biriga aylangan frantsiyalik futbolchini  Transfermarkt portali ekspertlari 80 million evroga baholayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!