Bu to‘purar kelsa, “Real”ga Benzema ham, Mbappe ham kerakmas!

  • 9 mart, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Karim Benzema o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan hujumchi qidirmoqda. Madridliklar ro‘yxatida PSJ yulduzi Kilian Mbappe ham bor. Lekin bu transferni amalga oshirish juda mushkul.

Tecno

“Qirollik klubi” murabbiylash shtabi yuqori saviyada o‘ynayotgan Karim Benzemaga barqarorlik etishmayotgani va ko‘p jarohat olayotganidan xavotirda.

Klub prezidenti Florentino Peres hujum markaziga “Tottenxem” tarixidagi eng zo‘r to‘purar Harri Keynni olib kelishni mo‘ljallamoqda.

29 yoshli hujumchi mavsum yakunlanishi bilan Londonga ketishga tayyor.  Unga bir necha grand klublar, xususan, “Manchester Yunayted” va “Bavariya” ham da’vogarlik qilyapti.

“Tottenxem” yozda shartnomasi yakunlanishiga bir mavsum qoladigan futbolchisini 110 million evrodan qimmat baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!