Bu mavsumdagi "Liverpul"ni tanib bo‘lmayapti

  • 2 aprel, 2023, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” APLning 29-turi doirasida safarda “Manchester Siti”ga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va bu Yurgen Klopp jamoasi uchun joriy mavsumdagi 14-mag‘lubiyat bo‘ldi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, mersisaydliklar ushbu mag‘lubiyatlarning 5 tasida yirik hisobda imkoniyatni boy berishgan («Manchester Siti» (4:1), «Real» (2:5), «Vulverxempton» (0:3), «Brayton» (0:3) va «Napoli» (1:4).

Taqqoslash uchun, “Liverpul” o‘tgan mavsum bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda yutqazgan va ularning barchasida bitta to‘p farqi bilan imkoniyat boy berilgan («Real» (0:1), «Inter» (0:1), «Lester» (0:1) hamda «Vest Xem» (2:3).

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” 4 aprel kuni APLning 8-tur qoldirilgan bahsi doirasida «Chelsi»ga, 9 aprel kuni esa 30-tur doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!