
Bu futbolchi Messi va Ronaldu darajasiga etib bo‘ldi
Braziliya futbolining yaqin o‘tmishdagi yorqin yulduzi Ronaldo hamyurti Neymar haqida iliq fikrlar bildirdi.
- Agar faqat futboldan kelib chiqib gapirsak, Neymarni yomon ko‘radigan biror kishi borligiga shubham katta. Uning shaxsiy hayoti futbol chegaralaridan tashqarida va bu meni umuman qiziqtirmaydi.
Neymarning o‘zi xos xarakteri bor, maydonda dadil, turli usullarni yaxshi o‘zlashtirgan, tezligi kata va gol ura oladi.
Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu boshqa sayyoradan bo‘lsa ham, hozir Neymarni ularga tenglashtirish mumkin, - dedi Ronaldo.
Neymar jahon futbolida eng qimmat transfer sohibi hisoblanadi. 2017 yili PSJ braziliyalik yulduz uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan.
Fikrlar