Braziliya terma jamoasi ustozi: "Umidlar saqlanib qoldi"

  • 11 sentabr, 2024, 15:32
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorval Junior Jahon chempionati-2026 saralashi doirasida Paragvayga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin oldidan bizda ijobiy umidlar bor edi. Barqaror o‘yin ko‘rsatib, ishonchli harakat qilishimizni kutgandik. Gol o‘tkazishimizdan oldin hammasi xuddi shunday ketayotgandi. Bizda ustunlik va tashabbus bor edi.

Ammo o‘tkazib yuborilgan goldan keyin o‘zimizni yo‘qotdik. O‘yinimiz barbod bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirigacha hech narsa ko‘rsatmadik. Jamoada ishlagan vaqtimdagi eng yomon davr bo‘lmoqda. Bu yakuniy natijaga katta ta’sir o‘tkazdi" - dedi braziliyaliklar bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!