"Borussiya M" bosh murabbiyi mavsum yakunlangach iste’foga chiqariladi

  • 2 aprel, 2019, 21:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Diter Xekking mavsum yakunlangach jamoani tark etadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Garchi 54 yoshli mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning noyabriga qadar imzolangan bo‘lsada, “Borussiya” sport direktori Maks Eberle ushbu murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Xekking “Borussiya”ni 2016 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. U bungacha «Volfsburg» va «Nyurnberg» kabi jamoalarda ham faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” Myunxengladbax hozircha Bundesliga musobaqa jadvalida 47 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!