"Borussiya" APL klubiga o‘tishga yaqin turibdi

  • 2 avgust, 2024, 14:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" "Borussiya" hujumchisi Niklas Fyullkrugni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda. Ushbu transfer amalga oshishga yaqin. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, tez orada klublar yangi muzokaralar jarayoniga kirishishadi. Futbolchining o‘zi London klubiga o‘tishga tayyor. 

"Sky Sports" nashri Fyuyulkrug uchun "bolg‘achilar" 25 million evro to‘lashni istayotgani, dortmundliklar esa 30 million evro talab qilayotganini ma’lum qildi. 

Niklas 2023 yili yozda "Verder"dan "Borussiya"ga 17 million evro evaziga sotib olingandi. Oradan bir yil o‘tib, u klubni tark etmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!