
Bonuchchi "Yuventus" safidagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi
“Yuventus” kecha A Seriyaning 12-turida “Atalanta”ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Ushbu uchrashuv turinliklar himoyachisi Leonardo Bonuchchi uchun “Yuve” safida A Seriyada maydonga tushgan 300-o‘yin bo‘ldi. E’tiborlisi, bungacha “keksa sinora” safida faqatgina 13 ta futbolchi ushbu natijaga erisha olgan xolos.
Bonuchchi “Yuventus” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U 2017/18 yilda “Milan”da harakat qildi va shundan so‘ng yana Turinga qaytdi.
Fikrlar