Bokschilarimiz Belarusda barchani lol qoldirmoqda

  • 9 mart, 2019, 12:50
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Belarusning Gomel shahrida yoshlar o‘rtasida sobiq bokschi Aleksey Yukov sovrini uchun o‘tayotgan musobaqaning chorak final bahslari yakunlandi.

Tecno

Turnirning chorak finalida iste’dodli bokschimiz, vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan Mirzabek Mirhalilov mezbonlar vakili Maksim Govorovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Shuningdek, ushbu bosqichda 60 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Xusanjon Karimov qozog‘istonlik Isfandiyor Bekni 3:2 hisobida enggan bo‘lsa, 75 kgda bellashayotgan yosh bokschimiz Komiljon Yusupov belaruslik German Dmuxovskini 5:0 hisobida engdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!