
Boks. 13 nafar bokschimiz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi!
Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi shu kunlarda Chernogoriyaning Budva shahrida tashkil etilayotgan jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Ayni paytga kelib, barcha vazn toifalarida yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, 13 nafar hamyurtimiz ushbu bosqichga etib kelib, barchalari kamida bronza medalini naqd qilishdi. Bugun ular final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi. Juftliklar bilan tanishing:
-48 kg: Jasmin Tohirova - Nataliya Nieviadomska (Polsha)
-70 kg: Oysha Toirova - Alimire Abudureyimu (Xitoy)
-81 kg: Ruxshona Parpieva - Nur Aslan Sude (Turkiya)
-48 kg: Sayfiddin Sobirov - Dias Berikbay (Qozog‘iston)
-54 kg: Sobirjon Tastanov - Vyacheslav Rogozin (Rossiya)
-75 kg: Jafarbek Shahbozov - Refukaiti Rexemuijang (Xitoy)
-86 kg: Akmaljon Isroilov - Mixail Dovd (IBA)
+92 kg: Shahzod Polvonov - Aslan Eldibayuli (Qozog‘iston)
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova - Sofiya Dushina (Rossiya)
-57 kg: Samandar Olimov - Janseri Kosherbaev (Qozog‘iston)
-63.5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov - Rafael Nersisyan (Armaniston)
-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Oner Seilxan (Qozog‘iston)
-92 kg: Halimjon Mamasoliev - Rassul Assanxanov (Qozog‘iston)
Fikrlar