
Bobur Tagiev hamda Firdavs Hasanov AQShda oktagonga ko‘tarildi
Erta tongda o‘zbekistonlik Bobir Tagiev hamda Firdavs Hasanov AQShning Michigan shahrida “Clip MMA” promousheni tomonidan tashkil etilgan turnirda navbatdagi janglarini o‘tkazdi.
Bobur Tagiev bu safar mezbon Mayk Jonsonga Firdavs Hasanov (8-4) esa yana bir amerikalik Kris Jonsonga (7-14) qarshi oktagonga ko‘tarildi.Quvonarlisi har ikki yurtdoshimiz g‘alabaga erishdi.Jumlalan, Bobur Tagiev 1- raundning o‘zida raqibini nokautga uchratgan bo‘lsa, Hasanov 3 raund mobaynida yaqqolik ustunlik bilan harakat qilib, yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi.
O‘z o‘rnida ushbu g‘alabalar bilan jangchilarimizni muborakbod etamiz.
Fikrlar