
Bobir Abdiholiqovning gollari evaziga "Energetik-BGU" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi (video)
Belarus chempionati 26-turidan o‘rin olgan "Energetik-BGU" - "Belshina" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchdi.
E’tiborlisi, minsliklarning ikki goliga Bobir Abdiholiqov mualliflik qildi. Hisob Dmitriy Gomza tomonidan ochilganiga qaramay, legionerimizning dubli jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 51 taga etkazib olgan "Energetik" 2-o‘rinni egallab turibdi. 11-pog‘onadagi "Belshina" 28 ochko jamg‘argan.
Fikrlar