
Bobousmon Baturovning navbatdagi raqibi va jang sanasi tasdiqlandi
Jizzaxlik, 30 yoshli charm qo‘lqop ustamiz Bobousmon Baturovning keyingi jangi rasman tasdiqlandi.
Professional bokschimiz 30 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida tashkil etiladigan "RCC Boxing" oqshomida ringga ko‘tariladi. Baturov Lyuksemburg vakili Maykl Kingga qarshi jang qiladi.
Ma’lumot uchun, Bobousmon prof faoliyati davomida 3 g‘alaba va 1 durang qayd etgan hamda hali biror marta mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rmagan.
Fikrlar