
Bobousmon Baturov yarim finalda mag‘lubiyatga uchradi
Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirning yarim final bosqichda -69 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz Bobousmon Baturov ham ringga ko‘tarildi. Unga mazkur bosqichda mezbon Husseyn Iashash raqiblik qildi.
Ilk Olimpiada yo‘llanmasini taqdim etgan hamyurtimiz ishtirokidagi jang juda shiddatli bo‘ldi. Yurtdoshimiz o‘z uslubida tinmay bosim uyushtirgan bo‘lsa, Iashashni ko‘p sonli muxlislar qo‘llab-quvvatlash evaziga katta ishtiyoq bilan harakat qildi.
Yakunda, afsuski Baturov imkoniyatni boy berib qo‘ydi va u turnirdagi ishtirokini yakunladi. Lekin o‘z oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita oldi. Qolaversa, bronza medaliga ham ega chiqdi.
Fikrlar